Toshkentda Spark ikki piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 4 iyul kuni Toshkent shahrida Spark ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 22:30 da Yunusobod tumanining Yuqori Qoraqamish ko‘chasida 29 yoshli haydovchi Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida ular jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Tarqalgan videolavhada bir ayol yerda yotgani, uning atrofida esa qon izlari borligini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan shahar YHXB surishtiruv ishlarini olib bormoqda, qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Spark skuterni urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing