Toshkentda Spark haydovchisining shoshqaloqligi sabab Cobalt piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Toshkentda Cobalt qayrilib olayotgan Spark'ga urilib ketmaslik maqsadida boshqa tomonga burilib, piyodani urib yubordi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 oktyabr kuni soat taxminan 11:00 larda Bektemir tumani TXAY ko‘chasida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi Spark'ga urilib ketmaslik maqsadida rulni o‘ng tomonga burgan va yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, piyoda yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan jarohati sabab shifoxoga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, voqeaga aloqador bo‘lgan Spark rusumli avtomobil haydovchisini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

279

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing