Toshkentda soliq huquqbuzarligi haqida “signal” berganlar “samosud” qilindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar boshqa fuqarolar tomonidan “samosud” qilinayotgani, o‘zboshimchalik bilan so‘roqqa tutilayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holatlardan biri Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Fuqarolar 1990 yilda tug‘ilgan P.S. va 1991 yilda tug‘ilgan K.F. joriy yilning 18 mart kuni 2003 yilda tug‘ilgan A.R.ni do‘konlariga xaridor sifatida kirib, do‘kon xodimlari xarid qilingan mahsulot uchun to‘lov varaqasi (chek)ni bermagani yuzasidan ushbu do‘konlarning “QR-kodini” skaner qilib “Soliq hamkor” sahifasiga yuborgani uchun turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Bundan tashqari, 20 mart kuni Sergeli tumanida bir nechta fuqaro 1997 yilda tug‘ilgan L.F.ni do‘kon xodimlari xarid qilingan mahsulot uchun to‘lov varaqasi (chek)ni bermagani bo‘yicha ma’lumotlarni soliq idoralariga berayotganlikda ayblashgan. So‘ng fuqarolar 1984 yilda tug‘ilgan D.G‘., 1998 yilda tug‘ilgan X.A., 1983 yilda tug‘ilgan U.L., 1981 yilda tug‘ilga N.N., 1990 yilda tug‘ilgan X.S. va boshqalar L.F.ni turli so‘zlar bilan haqoratlab, shovqin ko‘tarib jamoat tartibini buzishgan.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan o‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modda (“Haqorat qilish”), 183-modda (“Mayda bezorilik”), 200-modda (“O‘zboshimchalik”)lari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

samosud

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made