Toshkentda soxta Milliy gvardiya xodimi o‘lasi qilib kaltaklandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 fevral kuni Toshkentda o‘zini Milliy gvardiya xodimi deb aldagan fuqaro o‘lgunicha do‘pposlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa soat 01:00 larda Yashnobod tumanida yuz bergan. 18 fevral kuni soat 19:30 larda 23 yoshli Ag‘zamjon X. “Katta Qo‘yliq” MFYda joylashgan “Raimjon ota” kafesida tanishi 28 yoshli Bobomurod M. bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib, maishatbozlik qilgan. Shunda Bobomurod M. o‘zini “Milliy gvardiya va IIB xodimiman” deb uni shaxsiyatiga teguvchi so‘zlar bilan haqorat qilgan. 

Ag‘zamjon X. “senlar meni 10 sutkaga qamatgansizlar” deb unga nafrati uyg‘onib, soat 01:00 larda Bobomurod M.ni “Katta Qo‘yliq” MFY hududidagi yer osti yo‘lagiga olib borib, u yerda tanasining turli joylariga oyoq va qo‘llari bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bobomurod M. olgan tan jarohatlarining oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ag‘zamjon X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, marhum Bobomurod M. “Milliy gvardiya” xodimi emasligi, 2-guruh nogironi bo‘lib, hech qayerda ishlamasligi, Ag‘zamjon X. esa mardikorlik bilan shug‘ullanib bir necha marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi tufayli, unga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanilganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

546

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing