Toshkentda soxta quyma oltinni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
14 iyun 3600 1 daqiqa
Toshkent shahrida quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar X.U. va A.D. o‘zaro til biriktirib, umumiy og‘irligi 2,06 kg bo‘lgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan (“999,9” asllik belgisi tamg‘asi muhrlangan) metallarni fuqarolar M.S va R.L. ga 70 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 35 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr