Toshkentda 10 ming dollarga soxta hujjatlar bilan yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
17 may 2021
3354Toshkent shahar Chilonzor tumanida bo‘sh yer maydonini olib berish evaziga fuqaroning 10 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Yu. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Chilonzor tumanida bo‘sh turgan yer uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi qalbaki hujjatlarni taqdim etgan.
U shu orqali yer uchastkasida qurilish ishlari olib borishga ruxsat berilganini ma’lum qilib, evaziga 10 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani, shundan 3800 AQSH dollarini qaytarib, qolgan 6200 AQSH dollarini qaytarmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28,211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi