Toshkentda Cobalt temir to‘siqqa urilib, aylanib ketdi (video)
3-sahifa
−
17 Sentabr
7387Kecha, 16 sentyabr kuni soat 08:00 atrofida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchi 1991 yilda tug‘ilgan D.A. Cobalt avtomashinasini boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib, aylanib ketgan. Oqibatda o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1997 yilda tug‘ilgan A.D. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasiga borib urilgan.
Ushbu YTH oqibatida Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi.
LiveBarchasi