Toshkentda shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida shahvoniy shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2005 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan yigit Toshkent shahri ko‘chalaridan birida voyaga yetmagan qizni ta’qib qilib, ortidan quchoqlab, o‘pishga harakat qilgan. Shundan so‘ng qiz baqirib yordam chaqirishni boshlaganda yigit voqea joyidan qochib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan huquqbuzar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1 moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanib, unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 3-sinfda o‘qiydigan qizlarga shilqimlik qilgan o‘qituvchi qamalgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi tomonidan o‘qituvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1- moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing