Toshkentda shifokorlarni kaltaklaganlar qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi shifoxonalardan biriga kelib, shifokorlarni kaltaklagan bemorning do‘stlari 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bemor yigit do‘stlari bilan shifoxonaga borgan. U yerda bemorning do‘stlari va shifokorlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Uch nafar shaxs tibbiyot xodimlarini urib, ularga turli darajada tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida bo‘lib o‘tgan sudda tibbiyot xodimlariga qo‘l ko‘targan 3 shaxs Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi va ularning har biriga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda qaynota kelinini davolashga borgan tez yordam xodimlarini kaltaklagandi. Xodimlar bemorni tekshiruvdan o‘tkazib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shu vaqtda bemor qaynotasiga xonadan chiqib turishni iltimos qilganida, uning qaynotasi mast holatda bo‘lib, xonadan agressiv holatda chiqib ketgan. Xodimlar bemorga kerakli yordamni ko‘rsatib tashqariga chiqayotgan paytda bemorning qaynotasi shifokor va feldsherga hujum qilib, ularning yuzi va bo‘yniga yengil tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, ularni tahqirlab, haqoratli so‘zlarni aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Toshkent shifokorlar bemor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing