Toshkentda shifokor bemorni kaltaklagani aytilmoqda
3-sahifa
−
11 avgust 2023 11863
Ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinasida o‘tirgan shifokor bemorni kaltaklagani aks etgan videoxabarlar tarqalyapti. Aytilishicha, voqea Toshkent shahar Olmazor tumanida sodir bo‘lgan.
Shifokor mashina oynasiga teskari o‘tirgani sabab, uning yuzi aniq ko‘rinmagan. Ammo tez yordam mashinasining davlat raqami tasvirga tushib qolgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev QALAMPIR.UZ bilan suhbatda rasmiy bayonot tez orada e’lon qilinishi va hozirda shu ish yuzasidan surishtiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi