Toshkentda “sho‘xlik” qilgan 14 avtomobil jarima maydonchasiga yuborildi
Jamiyat
−
12 fevral 2019
6661Poytaxt Toshkentda 10 fevral kuni avtomobillar turargohida uyushtirilgan ko‘ngilocharlik sabab 14 avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
10 fevral kuni Ucell ma’muriy binosi qarshisidagi avtoturargohda uyushtirilgan “tungi ko‘ngilocharlikda” ishtirok etgan 14 ta avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilib, ularning haydovchilariga nisbatan turli xil qoidabuzarliklar uchun ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.
Ulardan 5 nafarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan, 4 nafar haydovchilarning avtomobillari oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilgan edi, 2 nafar haydovchilar avtomobillarida shovqinni pasaytiradigan moslama (maxsus “sport” turi) o‘rnatishgan.
Ulardan yana biri boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ega emas edi, boshqasida haydovchilik guvohnomasi va taloni yo‘q bo‘lgan. Yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo‘lmagan.
Yuqormdagi videoda Spark va boshqa avtomobillar haydovchilari drifting bilan “ko‘ngilocharlik” qilayotganliklari aks etgan videoni ko‘rishingiz mumkin.
LiveBarchasi