Toshkentda shaxmat festivali o‘tkaziladi

Sport

image

Shu yilning 20-30 sentyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi.

Unda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston hamda O‘zbekistondan eng kuchli shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona suradi.

Mukofot jamg‘armasi 12 ming yevro bo‘lgan ushbu musobaqa shaxmatchilar uchun reytingli ekani bilan ham ahamiyatlidir. Musobaqa Nizomiga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempionlikni qo‘lga kiritadigan shaxmatchiga 3 ming yevro, qizlar o‘rtasidagi bahslarning mutlaq chempioniga esa 1 ming 500 yevro miqdorida mukofot puli belgilangan.

FIDE, RosATOM hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada 20 yoshgacha bo‘lgan hamda reytingi o‘g‘il bolalar uchun 1 800 va qizlar uchun 1ming 600 baldan kam bo‘lmagan shaxmatchilar qatnashish uchun ariza berishi mumkin.

To‘qqiz turdan iborat bahslarda har bir ishtirokchiga partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing