Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog‘lari odatiy ish rejimiga qaytmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 26 yanvar kuni Toshkentda savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar markazlar va istirohat bog‘lari ish vaqtiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi. Bu haqda bugun, 26 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, hozirda havo harorati yaxshilanayotgani va holat barqarorlashayotgani sababli barcha korxonalar doimgidek ish rejimida faoliyat olib borishiga ruxsat berilmoqda.

“Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvar kunidan boshlab Toshkent shahrida oziq-ovqat do‘konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngil ochar savdo markazlari va istiroxat bog‘lari qisqartirilgan ish rejimiga (ertalab soat 10:00 dan 17:00 gacha) o‘tkazilgan edi. Ushbu o‘zgarish havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta’minotini uzluksiz yetkazish maqsadida amalga oshirilgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing