Toshkentda samolyotlarni suratga olgan bolalar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi aeroport hududida bolalar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqidagi foto va video materiallar tarqaldi. Holat yuzasidan “Uzbekistan Airports” rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Qumariq” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Bolalar havo bandargohi chegaralarini buzmagan holda Toshkent xalqaro aeroporti panjarasi ortida turib samolyotlarni suratga olgan.

“O‘z navbatida, “Uzbekistan Airports” O‘zbekistondagi spotting harakatini qo‘llab-quvvatlaydi va yosh avlodni ushbu hobbi bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Yil boshidan buyon Toshkent aeroporti hududida 30 ga yaqin rejali va rejadan tashqari spotting-turlar tashkil etildi. Shuningdek, joriy yilning 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan rejali kuzgi spottingda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar bolalar qatnashganini ham alohida ta’kidlash lozim”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 26 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Avispottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistonda spotting harakati rasman qonuniylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, aviaspotting bu aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish bo‘lib, holatni foto, video tasvirga oluvchilar aviaspotterlar deyiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent aviaspotting

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing