Toshkentda psixotrop moddalarini pullayotgan “aptekachi”lar ushlandi
3-sahifa
−
20 may 2023
5444Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona sotuvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan “Z.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi Sh.R. fuqaro D.A.ga 4 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, sotuvchi yonidan topilgan jami 89 dona oq qizil kapsuladagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bundan tashqari, xuddi shunday holat “H.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi X.A. 4 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 22 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi