Toshkentda psixofaol dori tarqatayotgan “zakladchik”lar ushlandi
3-sahifa
−
12 mart
2255Toshkent viloyatida psixofaol dorilarini yashirib tarqatayotgan 21 yoshli “zakladchik”lar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Qibray tumani “Ahillik” mahallasi hududida Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud patrul-post xizmati xodimlari xizmat vaqtida shubhali harakat qilgan 22 yoshlar atrofidagi ikki nafar shaxslarni kuzatgan. Kuzatuv davomida xodimlardan qochishga uringan 2003 yilda tug‘ilgan M.A. va J.M.lar ushlanib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada ularning yonidan 520 dona qadoqlangan holatdagi kuchli ta’sir qiluvchi psixofaol dori vositalari borligi aniqlanib, IIB tezkor xodimi ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Aniqlanishicha, ushbu shaxslar mazkur vositalarni hududning xufiyona joylarida “zakladka” ko‘rinishida yashirish maqsadida olib kelgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahrida qariyb 14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yilgandi.