Toshkentda prokuror yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
27 fevral 10140 1 daqiqa
Toshkent shahar Uchtepa tumanining prokuror yordamchisi pora bilan qo‘lgan tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2025 yilning sentyabr oyiga qadar Shayxontohur tumani prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan, hozirda Uchtepa tumani prokurori yordamchisi bo‘lgan mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, yakka tartibdagi tadbirkorga Shayxontohur tumanida joylashgan 2 ta uyning yerto‘la qismidagi noturar maydonlarni ijaraga olib berganligini ro‘kach qilib, undan 15 ming AQSH dollari so‘ragan. Kelishilgan pullarni o‘ziga tegishli avtomashinada olib, hodisa joyidan qochishga uringan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur prokuror yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi