Toshkentda “probka”ga sabab bo‘layotgan ta’mirlash ishlari qachon tugaydi?
Jamiyat
−
27 Oktabr 2023
7202Shu kunlarda Toshkent shahrining Bobur va Nukus ko‘chalaridagi yo‘llar ta’mirlanmoqda. Shu sababli mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi avtomobillar oqimi yondosh ko‘chalarga yo‘naltirilgan. Bu esa kunning asosiy qismida shahar ko‘chalarida turnaqator tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda. Shahar hokimligi ushbu holat yuzasidan aholiga tushuntirish berdi.
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari doirasida asfalt qoplamasini yangi texnologiyalar asosida yangilash, yo‘l usti belgilarini chizish, hududga qo‘shimcha daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu jarayon yog‘ingarchiliklar sababli hamda kunduzgi tirbandliklarni biroz kamaytirish maqsadida ishlar asosan tungi soatlarda amalga oshirilmoqda.
“Bu vaziyat uchun shahrimiz aholisi va mehmonlaridan uzr so‘raymiz. Mazkur jarayon hokimlikning qat’iy nazoratida ekanligini va ishlar yakunlanishi 2-3 noyabr kunlariga rejalashtirilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 oktyabr kuni Toshkent shahrida, ayniqsa Kichik halqa yo‘lining Shimoliy va Janubiy vokzal oralig‘idagi qismida uzoq muddatli tirbandliklar kuzatilgan edi. Ushbu hodisa Yandex ilovasining tirbandlikni baholash tizimida eng yuqori – 10 ballni ko‘rsatgandi.
LiveBarchasi