Toshkentda Prado 3 ta mashina bilan to‘qnashib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 24 may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumanida Toyota Prado, Cobalt, Spark va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1993 yilda tug‘ilgan R.R. Toyota Prado rusumli transport vositasini Keles-Toshkent shahri yo‘nalishi bo‘ylab haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan. U qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Cobalt, Damas va Spark rusumli transport vositalari bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan.

Oqibatda Toyota haydovchisi R.R. voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatining Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l-transport hodisasi Toyota Prado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing