Toshkentda podstansiya yonib ketdi (video)
Jamiyat
−
11 aprel
3911Bugun, 11 aprel kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:20 da Yashnobod tumani Mavlono Riyoziy ko‘chasida joylashgan podstansiyada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 13:27 da yetib borib, yong‘in soat 13:41 da o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlangani aniqlangan.
“Yong‘in sababli tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida do‘kon yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi