Toshkentda do‘kon yonib ketdi
3-sahifa
−
08 aprel
3727Toshkent shahar Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8 aprel kuni soat 07:44 da Olmazor tumani Saqichmon ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yong‘in soat 07:57 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Keles shahrida joylashgan tez yordam garaji yonib ketgan edi. Yong‘in oqibatida jami 145 metr kv maydon va ushbu hududdagi foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan, nosoz holdagi 3 ta Damas yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar bo‘lmagan.
LiveBarchasi