Toshkentda piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan Nissan ularni urib yubordi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan Nissan boshqa avtomobil aybi bilan ularni urib yubordi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni soat 16:45 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasi 53-uy qarshisida  haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan T.L. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida o‘zidan oldinda piyodalarga yo‘l berish maqsadida to‘xtagan 1966 yilda tug‘ilgan Z.E. boshqaruvidagi Nissan rusumli avtomashinasining orqa qismiga to‘qnashgan. Oqibatda to‘qnashuv zarbidan so‘ng Nissan avtomashinasi qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2003 yilda tug‘ilgan piyoda A.O‘. va 1992 yilda tug‘ilgan A.Z. ni urib yuborgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida piyodalarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida qatnov qismini belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini mashina urib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH piyoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing