Toshkentda “pasportnыy stol”lar yakshanba kuni ham ishlaydi
Jamiyat
−
19 iyul 2019
10224Toshkent shahar IIBB tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunlarisiz ishlaydi. Bu haqda boshqarma Matbuot xizmati xabar berdi.
Shanba va yakshanba kunlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ish kunlaridir. Ish vaqti – 8:00 dan 20:00 gacha.
Shuningdek, yakshanba kunlari barcha tuman MvaFRBlariga pasport-viza tartibi bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha ham murojaat qilish mumkin. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish masalasi, propiska va ro‘yxatdan chiqish masalalari shular jumlasidandir.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 1 yanvar kunidan egasining biometrik ma’lumotlari bo‘lmagan pasportlar bekor hisoblanadi.