Toshkentda ona farzandini vahshiylarcha kaltakladi (video)
3-sahifa
−
22 Sentabr
12723Toshkent shahrida voyaga yetmagan farzandiga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgan onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning fevral oylarida 1997 yilda tug‘ilgan ayol Shayxontohur tumanida joylashgan yashash xonadonida 2020 yilda tug‘ilgan farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni jahl ustida urgan. Hodisa aks etgan kadrlar bugun ijtimoiy tarmoqda tarqalib, keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Shovot tumanida ayol eriga jahl qilib, o‘z farzandini kaltaklagan edi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr