Toshkentda ona farzandi bilan janjallashgan bolani kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda ayol bolalar maydonchasida voyaga yetmagan bolani urgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 aprel kuni taxminan soat 16:00 larda Olmazor tumani Shifokorlar mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarning oldida 1989 yilda tug‘ilgan M.A. bolalar maydonchasida uning farzandi bilan tortishib qolgan voyaga yetmagan K.M.ni urgani aniqlangan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchiga yetgan zarar og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati deb baholangan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan sud tomonidan jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-son maktabda o‘quvchilarni urib, ularning sochidan tortib, sudragan maktab direktori o‘z lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing