Toshkentda odamlarni aldab, hasharotlarga qarshi dori sotayotgan soxta “SES” xodimlari aniqlandi (video)
3-sahifa
−
30 yanvar 2023
8202Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “Movarounnahr” mahallasi aholisiga o‘zlarini “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi xodimlari (SES)” deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Sanepidxizmat Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soxta SES xodimlari deya o‘zlarini tanishtirayotganlar kelib chiqishi noma’lum dorilarni firibgarlik yo‘li bilan sotgan.
“Videoda ko‘rsatilgan soxta SES xodimlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Dezinfeksiya stansiyasi va tuman hududiy bo‘limlarida faoliyat yuritmasligi ma’lum qilindi”, deyiladi SES xabarida.
Shuningdek, Sanepidxizmat fuqarolarni ogohlikka chaqirib, yuqoridagi holatga duch kelganda, dori sotayotgan fuqarolardan xizmat guvohnomasi, qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi, zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishiga
LiveBarchasi