Toshkentda odamlar liftda qamalib qoldi
3-sahifa
−
22 may 3653 1 daqiqa
Kecha, 21 may kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biridagi lift ishlamay qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolgani, uning ichida bir nechta fuqarolar qolib ketgani to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, aytilgan manzilga tuman FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, fuqarolar sog‘-salomat qutqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 50 yoshli erkak lift ichida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi