Toshkentda nolegal tarzda dori sotib kelgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Ohangaron-Namangan” avtomobil yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.N. fuqaro I.Ya.ga xorijda ishlab chiqarilgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 8 turdagi jami 10 ming 255 quti dori vositalarini 19 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1863- moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati dori vositalari savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing