Toshkentda noqonuniy qurilma va inshootlarni buzish boshlandi
3-sahifa
−
07 fevral 2024
11215Toshkent shahrida tegishli shahar xizmatlari tomonidan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, poytaxtda hamma uchun qulay muhit yaratish maqsadida joylarda piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘laklarning qulayligi tahlil qilingan.
“E’tiborni tartibsiz, yagona uslubsiz va ko‘p hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolar tortdi. Yo‘llar bo‘ylab joylashgan bu binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, masalan, ularning aksariyatida to‘xtash joylari va yo‘laklari yo‘q, ular piyodalar yo‘laklariga chiqib ketgan tarzda tashkil etilgan. Shunday qilib, haydovchining bir daqiqalik xarid qilish jarayoni boshqa haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham sezilarli noqulaylik va xavf tug‘diradi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Shuningdek, shahar hokimligi tadbirkorlar va shahar aholisini ushbu turdagi ko‘chmas mulkni xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lishga, yuridik xizmatlar bilan maslahatlashishga chaqirgan.
Bundan tashqari, hokimlik Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan, ularning chegaralari, maydoni va binolarning turlarini tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emasligini eslatgan.
Otaboyeva Madina
LiveBarchasi