Toshkentda NJA va skuter to‘qnashdi

3-sahifa

image

Toshkentda NJA rusumli avtomashina va skuter o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bugun, 17 aprel kuni soat 04:00 larda Uchtepa tumani Katta Xirmontepa-Shirin ko‘chalari kesishmasida 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.A. boshqaruvidagi NJA rusumli avtomashinasi hamda 2004 yilda tug‘ilgan O.E. boshqaruvidagi skuter to‘qnashgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida skuter haydovchisi O.E. tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 16 aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent skuter yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing