Toshkentda Nexia yonib ketdi

Jamiyat 5535
image

YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 6 yanvar kuni soat 14:10 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahada, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi O.N. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilning signalizatsiya qurilmasida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘in sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 208
Reyting: 3.1
t
×