Toshkentda Nexia’ning gaz balloni portladi. 5 ta avtomobilga zarar yetgan

Jamiyat

image

Toshkentda Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibatida 5 ta avtomobilga zarar yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 25 yanvar kuni soat 16:50 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Bo‘z-2” dahasi 6a-uy qarshisida to‘xtab turgan, 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi J.K. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilning gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.

Oqibatda ushbu avtomobil yaqinida to‘xtab turgan Nexia-3, Spark va ikkita Matiz rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Portlash oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB va IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

669

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing