Toshkentda Nexia tez tibbiy yordam avtomobili bilan to‘qnashdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
04 avgust 2021
8696Bugun, 4 avgust kuni Toshkent shahrida tez tibbiy yordam avtomobili hamda Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:00 larda poytaxtning Chilonzor tumanida 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi B.Sh. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil hamda 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi A.R. boshqaruvidagi Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda, Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning o‘tgan 6 oyida 3754 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
LiveBarchasi