Toshkentda Nexia-3 ga qarata o‘q uzildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi uy oldida turgan mashinaga qarata pnevmatik quroldan o‘q uzilgani haqida xabarlar tarqadi. QALAMPIR.UZ mazkur xabar yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan bog‘landi.

IIBB Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isoxonovaning ma’lum qilishicha, ushbu voqea kecha, 7 sentyabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasida sodir bo‘lgan. Holat bo‘yicha Nexia-3 rusumli mashinaning egasi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bildirilishicha, u mashinasini begona uy oldida bir muddat qarovsiz qoldirgan va ishlarini tugatib qaytayotganida avtomobilga qarata o‘q uzilayotganiga guvoh bo‘lgan.

“Hududdagi maktabda o‘qiydigan 500 ga yaqin bola va Temir yo‘l kolleji talabalari qatorida mening farzandlarim ham aynan shu ko‘chadan o‘tadi. Bu o‘qlar har qanday yo‘lovchiga tegishi mumkin edi, bunga e’tibor berishingizni so‘rayman”, deydi mashinaning egasi.

Hozirda holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga kadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ish yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pnevmatik qurol Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing