Toshkentda Nexia 3 bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 13 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Nexia 3 bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19:00 larda 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.M. boshqaruvidagi Nexia 3 hamda 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi B.M. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomobillar to‘qnashgan va zarb oqibatida Matiz avtomobili ag‘darilgan.

Qayd etilishicha, Matiz rusumli avtomobil haydovchisi B.M. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” ag‘darilib ketdi. Bunday holat joriy yilning 10 avgust kuni Toshkentning Chilonzor tumanida boshqa bir “Gazel” bilan ham sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing