Toshkentda Nexia haydovchisi piyodani urib, daraxtni sindirdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Bektemir tumanida joriy yilning 31 may kuni sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida haydovchi piyodani urib yubordi va daraxtni ham sindirdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1970 yilda tug‘ilgan haydovchining Matiz mashinasi va 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili to‘qnashgan. Oqibatda Nexia haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi yo‘lovchini urib, daraxtni sindirgan.

Jarohatlangan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga olib borilgan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bemorga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap son suyak o‘rta uchligidan yopiq sinishi kabi tashxislar qo‘yilgan. Unga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan va reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

“Rejali davolashlardan keyin bemorga singan oyog‘i qayta tiklanib, 3 iyun kuni jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli”, deydi shifokor.

Hozirda hodisa yuzasidan Toshkent shahar Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 2 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida BYD piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan odamni urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH daraxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing