Toshkentda Nexia haydovchisi 51 yoshli piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 iyul kuni Toshkent shahrida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida, 51 yoshli piyoda hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar tarqatdi.

Ma’lumot uchun, kech soat 23:58 da “102” raqamiga Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, taxminan soat 23:00 da Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli T.S., Tansikbayev ko‘chasi tomon TXAY bo‘ylab harakatlanishi davomida piyodani urib yuborgan. 1968 yilda tug‘ilgan Olmazor tumanida yashovchi T.G. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumdi.

Yo‘l-transport hodisasiga sabab sifatida piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIBB

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing