Toshkentda nega “svet” o‘chayotgani aytildi

Jamiyat

image

Shu kunlarda Toshkent shahrida elektr ta’minotida uzilishlar tez-tez kuzatilmoqda. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent shahri va viloyatlarda joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda davlat dasturlari, sohaga oid qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash maqsadida taqsimlash tarmoqlarida yangilash hamda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Mazkur jarayonda ishchi-xodimlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududlar kesimida rejaviy o‘chirishlar amalga oshirilmoqda. Bunday rejaviy o‘chirishlar Toshkent shahri va hududlarda Jamiyatning korxona va filial axborot xizmatlari tomonidan doimiy ravishda e’lon qilinib borilishi ta’minlangan”, deyiladi xabarda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, tarmoqlarni yangilash va mavsumga tayyorgarlik ishlari kechiktirib bo‘lmaydigan yumushlar sirasiga kirgani bois, ayni paytda yozning issiq kunlariga qaramasdan ham vazifalar davom ettirilmoqda. 

Shuningdek, issiq kunlarda hududlardagi avariyaviy holatlarning yuzaga kelishi ham elektr energiyasi ta’minotida uzilishlarni vujudga keltirib chiqarmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Hududiy elektr tarmoqlari svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing