Toshkentda narkotik tarqatuvchi kurer ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarini tarqatuvchi fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent shahri Olmazor tumanida yarim tunda tashlandiq joyda tentirayotgan 24 yoshli “zakladka” tarqatuvchi yigit Ichki ishlar organi xodimlarining e’tiborini tortgan. Tekshirilganda uning yonidan sariq “izolenta”ga o‘ralgan, oq kukunsimon modda topilgan.

Yigitning o‘zi unga bu ish mo‘may daromad evaziga Instagram ijtimoiy tarmog‘ida taklif qilinganini aytgan.

“Menga u o‘zini kurator deb tanishtirdi. Manzilni tashladi va mahsulotni borib olasan dedi. Shundan so‘ng sariq “izolenta”ga o‘rashimni aytdi. Belgilangan joyga borib, yerga ekishimni aytdi. Faqat ikkitasini ekishga ulgurdim”, deydi gumonlanuvchi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi(Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining ikkita tumanida giyohvandlik moddasini sotayotgan fuqarolar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing