Toshkentda namanganlik 25 yoshli yigit metro relsiga yiqilib tushdi

Jamiyat

image

Kecha, 26 iyun kuni taxminan soat 17:00da Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston” bekatida 25 yoshli yigit metro relsiga yiqilib tushgan. 

Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining xabar berishicha, u Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 1994 yilda tug‘ilgan X. M. bo‘lgan.

Xabarda yiqilish fuqaro o‘zini nohush sezganligi oqibatida sodir bo‘lgani qayd etilgan. Yiqilish natijasida u jiddiy bo‘lmagan jarohat olgan. Hozirda uning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda.

“Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliteni

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing