Toshkentda Mustafo Kamol Otaturk nomidagi ko‘cha paydo bo‘ladi

Jamiyat

image

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Turkiyaning birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuvida so‘z bordi.

Uchraguvda elchi mart oyining oxirida bo‘lib o‘tadigan II-strategik hamkorlik bo‘yicha sammit doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyiyu Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, taraflar Turk maktabini kengaytirish uchun yer maydonini ajratish va Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berishni hamda Toshkentda qurilish bilan shug‘ullanayotgan turk kompaniyalarining masalalarini muhokama qilgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu masalalarning yechimida imkon qadar ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan. Olgan Bekar ham, o‘z navbatida, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishni va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing