Toshkentda mudhish YTHda ikki kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 17 iyul kuni Toshkent shahrida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tonggi soat 05:30larda Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 27 yoshli D.N. boshqaruvidagi “Opel Omega” rusumli avtomashinasini Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani Chortoq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Quyichirchiq-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi 62 yoshli A.I. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Voqea natijasida “Opel Omega” avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi, Sergeli tumanida yashagan 22 yoshli A.U. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIV

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing