Toshkentda mudhish YTH: 2 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Beruniy ko‘chasida Matiz va Nexia-3 to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 19 aprel kuni soat taxminan 23:30 larda Beruniy ko‘chasida (“Tinchlik” metro bekati yonida) ikkita transport vositasining o‘zaro to‘qnashuvi kuzatilgan. Samarqand viloyatidan bo‘lgan 23 yoshli A.Z. Nexia-3 rusumidagi avtomobilni boshqara turib, 25 yoshli B. haydab ketayotgan Matiz avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda Nexia-3 avtomobilida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 24 yoshli, Samarqand viloyatida yashovchi M.T. tan jarohati olib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Nexia-3 haydovchisi esa shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan. Matiz haydovchisi esa voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l transport hodisasining kelib chiqishiga Nexia-3 haydovchisi belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanib boshqaruvni yo‘qotgani va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib boshqa avtomobil bilan to‘qnashgani sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismida nazarda tutilgan alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

856

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing