Toshkentda Mirziyoyevning “Asr loyihasi” bo‘yicha xalqaro muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image
“Tolibon” Mirziyoyevning “Asr loyihasi”ni xavf ostida qoldirdi. Endi Toshkent qanday yo‘l tutadi?  north_east

“Tolibon” Mirziyoyevning “Asr loyihasi”ni xavf ostida qoldirdi. Endi Toshkent qanday yo‘l tutadi? 

Joriy yil 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston hududi orqali o‘tuvchi “Termiz –Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘l liniyasini loyihalash va qurish bo‘yicha transport vazirliklari va idoralarning ma’sul rahbarlari va mutasaddi vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar uch tomonlama – O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston va ko‘p tomonlama – O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Pokiston bo‘lib o‘tgan.

“Tomonlar qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro transport kommunikatsiyalari va savdo aloqalarining mintaqalararo hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida hamkorlikni chuqurlashtirishda mazkur loyihaning yuksak ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tdilar”, deyiladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabarida.

Yig‘ilish yakunida tomonlar tez orada, ilgari surilgan temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini joyiga chiqgan holda o‘rganish, ishchi guruhlar yig‘ilishini doimiy ravishda o‘tkazish va dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqgandan so‘ng loyihaga xalqaro moliya institutlarini jalb qilish bo‘yicha kelishib olgan.

Avvalroq Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston tashabbusi bilan boshlangan Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Qobul-Peshovar temir yo‘li qurilishi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni imkon qadar tezroq boshlashga tayyorligini tasdiqlagandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston aynan Afg‘oniston orqali temir yo‘l qurib, dengizga chiqishni reja qilgan. Bu uchun bir necha yirik loyihalar ham tayyorlangan. Joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli yirik xalqaro anjuman aynan ushbu loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning iyun oyida Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida O‘zbekistonni dengizga olib chiqishi mumkin bo‘lgan “Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor” temir yo‘li qurilishini yuqori baholab, uni “asr loyihasi”, deb atagan edi. Ushbu temir yo‘l liniyasi aynan Surxondaryo viloyatining ma’muriy markazi Termizdan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing