Toshkentda mingdan ortiq fohisha ushlandi
3-sahifa
−
06 aprel
45783Toshkentda so‘nggi uch oyda mingdan ortiq fohisha qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jamiyatdagi salbiy illatlardan biri bo‘lgan fohishaxona saqlash va intim xizmatlar bilan shug‘ullanish holatlariga qarshi kurashish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tezkor-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Joriy yilning uch oyi davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 1 068 nafar shaxslar aniqlangan bo‘lib, ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilgan. O‘rganishlar jarayonida jinoyatchilarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgani ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, joriy yilning uch oyi davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 209 ta holat aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
"Hurmatli fuqarolar, agar siz poytaxtimizda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar haqida yoki fohishaxona saqlash holatlari yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lsangiz 102 raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, fohishalik bilan shug‘ullanish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik deb baholanadi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa sabab bo‘ladi.
Shuningdek, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash O‘zbekiston Respublikasining 131-moddasiga asosan jinoyat sifatida malakalanadi va sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr