Toshkentda Milliy gvardiya xodimi fuqaro bilan janjallashdi (video)
3-sahifa
−
13 noyabr 2023
18154Toshkent shahar, Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro bilan janjallashdi. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 12 noyabr kuni Sergeli tumanida joylashgan “Sergeli” dehqon bozorida jamoat tartibini saqlash uchun jalb qilingan Milliy gvardiya xodimi belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaroni to‘xtatib, u bilan tushuntirish ishlarini olib borgan.
Fuqaro esa xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan unga faol qarshilik ko‘rsatib, omma e’tiborini torta boshlagan. Hatto keyinchalik “qo‘lingdan nima keladi” deya jismoniy qarshilik ham ko‘rsatgan, shundan so‘ng, Milliy gvardiya xodimi o‘zini himoya qilish va huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida kuch ishlatishga majbur bo‘lgan.
Holat voqea joyidagi fuqarolar aralashuvi bilan biroz yumshatilgach, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs javobgarlikdan qochish maqsadida hodisa joyidan ketib qolgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxs tomonidan sodir etilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish), 1941-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-1-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonuniy chora ko‘rish va fuqaroni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.