Toshkentda metro bekatida yong‘in chiqdimi? (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududda yer ostidan tutun chiqayotgani va atrofni qoplab olgani aks etgan videolar tarqaldi. Unga nisbatan berilayotgan izohlarda esa metro bekatida yong‘in chiqqani aytilgan. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, bugun, 28 noyabr kuni “Sayilgoh” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlangan. 

Bildirilishicha, ushbu holat bartaraf etilgan va hozirda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yo‘q. Vujudga kelgan nosozlik bartaraf etilgunga qadar iste’molchilar to‘liq boshqa tarmoqqa o‘tkazilgan. Holat sabablari esa o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “Sag‘bon” podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holati sodir bo‘lgani sabab 9 ming iste’molchi elektr energiyasisiz qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in metro Kosmonavtlar tutun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made