Toshkentda Mercedes YTH oqibatida tanib bo‘lmas holga keldi

3-sahifa

image

Toshkentda Mercedes rusumli ko‘k rangdagi avtomobil yo‘l-transport hodisasi oqibatida butunlay pachoqlandi.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 1 iyul kuni soat 00:45 larda Yashnobod  tumani Ohangaron shoh ko‘chasida 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi Y.X. boshqaruvida bo‘lgan Gaz-5227 rusumli avtomashinasi va 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi  Z.U. boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida Mercedes-Benz rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan. Mashina esa butunlay pachoqlangan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Marhamat tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mercedes pachoqlandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing