Andijonda to‘rtta mashina YTH sodir etdi
3-sahifa
−
30 iyun
4464Andijon viloyatining Marhamat tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-trasport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat kecha, 29 iyun kuni tumandagi “Gar-Gar” MFY hududidan o‘tgan 4R-138 avtomobil yo‘lining 33- kilometrida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi T.M. o‘zining Nexia-2 mashinasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborishi oqibatida, asosiy yo‘ldan kelayotgan Matiz rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Matiz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketishi tufayli o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia va Tracker avtomobillari bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida Matiz haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Transport vositalari esa texnik shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida yuk avtomobili va ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.