Toshkentda qimmatbaho Mercedes Gelandewagen YTHga uchradi (video)

Jamiyat

Bugun, 25 noyabr kuni soat 13:30 larda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Mercedes Gelandewagen ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isoxonova QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida Mercedes-Benz rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 38 yoshli M.A. boshqaruvni yo‘qotib, temir yoritgichga to‘qnashib ketgan. M.A.ning so‘zlariga ko‘ra, mazkur YTHga o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Nexia-3 manyovr qilib, yo‘nalishni keskin chapga o‘zgartirgani sabab bo‘lgan. 

Shundan so‘ng M.A. xavfni aylanib o‘tmoqchi bo‘lib avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va temir yoritgich ustuniga borib urilgan.

“YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan IIBB axborot xizmati boshlig‘i.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Mercedes-Benz Mercedes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing